Abstract
Kartoshka – dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan biridir. Kartoshka yetishtirishda texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, hosildorlikni yaxshilash va ekologik xavfsizlikni ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda kartoshka yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarning, jumladan, noxoslama texnologiyalar, avtomatlashtirilgan tizimlar, yuqori samarali urug‘lar va innovatsion agrotexnik usullarni qo‘llashning afzalliklari tahlil qilinadi. Xususan, yuqori texnologiyalar yordamida kartoshka ekish, parvarishlash va yig‘ish jarayonlaridagi samaradorlikni oshirish, hamda ekotizimga kamroq zarar yetkazish mumkin. Tadqiqotda kartoshka yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarning qishloq xo‘jaligi tizimida qo‘llanilishi, barqaror ishlab chiqarish va raqobatbardoshlikni oshirishga qanday yordam berishi muhokama qilinadi.
References
1.. X.Atabayeva, O.Qodirxujayev O`simlikshunoslik, T.Yangi asr avlodi.2020 yil (lotin alifbosida).
2. O.Mirzayev, T.Xudoyberganov Yem-xashak yetishtirish-Andijon 2023 y.
3. X.Atabayeva va boshq.O`simlikshunoslik, T.Mexnat.2024 y.
4. I.Karimov bir yillik va ko`p yillik Mustaqil yurt g`allasi, T.O`zbekiston 2023 y.
5. A.Omonov, X.Bo`riyev, L.G`afurova, A.Nurbekov Bir boshoq don.T.2024 y.