Abstract
Ushbu tezis Toshkent shahridagi ikki xususiy oliy taʼlim muassasasi — Alfraganus universiteti va ISFT — misolida jamoatchilik bilan aloqalar (PR) strategiyalarining talaba qabul siyosati va brend imijiga taʼsirini tahlil qiladi. Tadqiqot komparativ holat tadqiqoti yondashuvida amalga oshirilib, ilmiy adabiyotlar sharhi hamda SOSTAC modeli asosidagi raqamli audit usullariga tayangan. Raqamli audit doirasida AFU va ISFTning rasmiy veb-saytlari, Telegram kanallari, Instagram, Facebook va YouTube sahifalari hamda ochiq eʼlon qilingan materiallari oʻrganildi. Natijalar ijtimoiy tarmoqlar talaba qabulida asosiy kommunikatsion vosita sifatida shakllanganini, biroq platformalar integratsiyasi, UGC dasturlari va media monitoring tizimlari darajasi boʻyicha ikki muassasa oʻrtasida sezilarli farqlar mavjudligini koʻrsatadi.
References
1. International Policy Brief. Social Media Marketing and Student Enrollment. 2025. URL: https://internationalpolicybrief.org/wp-content/uploads/2025/04/ARTICLE-4-1.pdf (murojaat sanasi: 06.05.2026).
2. Alfraganus University rasmiy sayti. URL: https://www.afu.uz (murojaat sanasi: 06.05.2026).
3. Alfraganus University Telegram kanali. URL: https://t.me/alfraganusuniversity (murojaat sanasi: 06.05.2026).
4. Alfraganus talabalari Instagram sahifasi. URL: https://www.instagram.com/alfraganus.talabalari/ (murojaat sanasi: 06.05.2026).
5. ISFT rasmiy sayti. URL: https://isft.uz/uz (murojaat sanasi: 05.05.2026).
6. ISFT Telegram kanali. URL: https://t.me/isftash (murojaat sanasi: 05.05.2026).
7. ISFT Facebook sahifasi. URL: https://www.facebook.com/isftash/ (murojaat sanasi: 05.05.2026).
8. ISFT YouTube kanali. URL: http://www.youtube.com/@ISFT_TV (murojaat sanasi: 05.05.2026).
9. RSIS International. Social Mediaʼs Impact on Gen Z Enrolment: Zimbabwean Case. 2025.