TIJORAT BANKLARIDA CHET EL VALYUTASIDAGI KREDIT QARZDORLIKLARINI UNDIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
PDF

Keywords

Kredit, muddati o‘tgan qarzdorlik, akseptsiz to‘lov talabnomasi, 2-son kartoteka, valyuta konvertatsiyasi, avtomatlashtirish, bank axborot tizimi.

Abstract

Tijorat banklari faoliyatida kredit portfeli sifatini ta’minlash va muddati o‘tgan qarzdorliklarni samarali undirish bank tizimi barqarorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xususan, chet el valyutasida ajratilgan kreditlar bo‘yicha to‘lov intizomining buzilishi banklarning likvidligi va moliyaviy barqarorligiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur tadqiqotda chet el valyutasidagi kredit qarzdorliklarini undirish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish asosida takomillashtirish modeli ishlab chiqildi. Taklif etilgan yondashuv bank operatsiyalarida inson omilini kamaytirish, operatsion xatolarni minimallashtirish hamda hisob-kitob jarayonlarining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil hamda bank axborot tizimlarini modellashtirish usullaridan foydalanildi. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida 2-son kartoteka mexanizmi va avtomatik valyuta konvertatsiyasi jarayonlari o‘rganildi va takomillashtirilgan model ishlab chiqildi.

PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

2. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”, 2012 yil 15 mart, №2342

3. “Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizom”, 2020 yil 13 aprel, №3229

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. “Tijorat banklari uchun hisobvaraqlar rejasi”, 2021 yil 26 noyabr, №3336