Abstract
Ushbu tezisda ta’lim vositalari terminlarining struktur-semantik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot davomida terminlarning leksik-ma’noviy jihatlari, ularning morfologik qurilishi hamda sodda, qo‘shma va birikmali shakllarda qo‘llanishi tahlil qilindi. Shuningdek, terminologik tizimda jins-tur (giper-giponimiya), butun-qism (partonimiya) va xolo-meronimik munosabatlar misollar asosida izohlandi. Tahlilda S. Ibrohimov, Sh. Shoabdurahmonov hamda S. Sobirov kabi olimlarning ilmiy qarashlariga tayangan holda terminlarning til tizimidagi o‘rni ochib berildi. Mening shaxsiy kuzatishlarim va tahliliy mulohazalarimga ko‘ra, o‘quv qurollari terminlari tilning faol rivojlanayotgan, dinamik leksik qatlamlaridan biri ekanligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari tilshunoslik va terminologiya sohalari uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
1. Abdullayev F. O‘zbek tili leksikasining ba’zi bir masalalariga doir. – T., 1949.
2. Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek adabiy tili va xalq shevalari. – Toshkent, 1962.
3. Sobirov S. O‘zbek tilining sistemalar sistemasi tamoyillari asosida tadqiq etish. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004.
4. O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 1981.
5. Usmonov S. O‘zbek tili terminologiyasining ba’zi masalalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1964.
6. Ibrohimov S. Farg‘ona shevalarining kasb-hunar leksikasi. – Toshkent, 1959.
7. Bulatov S.S., Tursunaliyev N. Kulolchilik san’ati. – Toshkent, 2002.
8. Andapulatova F.I. Terminlarning tildagi o‘rni va ahamiyati. – Scientific Progress, 2023.
9. Navoiy asarlari lug‘ati / Tuzuvchilar: Shamsiyev P., Ibrohimov S. – Toshkent: Fan, 1978.