Abstract
Ushbu maqolada o‘qituvchi nutq madaniyatining mazmuni, tarkibiy unsurlari hamda uning pedagogik faoliyatdagi o‘rni yoritilgan. Nutq madaniyati — o‘qituvchining kasbiy mahorati, kommunikativ kompetensiyasi va ta’lim jarayonining samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri ekani ta’kidlanadi. Tadqiqotda o‘qituvchi nutqining to‘g‘riligi, ravonligi, ta’sirchanligi, mantiqiyligi hamda etik me’yorlarga rioya qilishi o‘quvchilarda bilimni puxta o‘zlashtirish, darsga qiziqishni oshirish va sog‘lom pedagogik muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, nutq madaniyatini rivojlantirishning samarali usullari, o‘z ustida ishlash strategiyalari va pedagogik muloqotning zamonaviy talablari tahlil qilingan. Mazkur ish pedagoglar, talabalar va ta’lim jarayoniga qiziqqan barcha uchun amaliy ahamiyatga ega.
References
1. G‘ulomov A. Nutq madaniyati asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.
2. Rahmatullayev Sh. Til madaniyati masalalari. – Toshkent: Fan, 1992.
3. Qodirov M. Pedagogik muloqot va kommunikatsiya. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018.
4. Mahmudov N., Sobirov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.
5. Xolmatov X. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – Toshkent: Sharq, 2002.