Abstract
Ushbu maqolada jamiyat hayotida vaqtni to'g'ri boshqarishning ahamiyati ,uning inson shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ta'siri hamda samarali vaqt taqsimlash usullari yoritiladi .Vaqtni to'g'ri rejalashtirish insonning kundalik faoliyatini tartibga soladi,ish unumdorligini oshiradi va stress darajasini kamaytiradi.
Maqolada vaqtni boshqarish tushunchasi ,uning asosiy tamoyillari hamda zamonaviy hayotda uchraydigan vaqt yetishmasligi muammolari tahlil qilinadi. Reja tuzish ,ustuvor yo'nalishlarni aniqlash ,dangasalikni yengish va raqamli vositalardan samarali foydalanish kabi usullar haqida fikr yuritiladi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra,vaqtni to'g'ri boshqarish insonning nafaqat shaxsiy hayotida ,balki jamiyatning ijtimoiy faolligini ham oshradi.