Abstract
Mazkur maqolada ingliz tilidagi leksik-semantik munosabatlar lingvistik tahlilning muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganiladi. Unda so‘zlar o‘rtasidagi asosiy semantik bog‘lanish turlari — sinonimiya, antonimiya, polisemiyа va omonimiya tahlil qilinadi hamda ularning lug‘at tarkibini shakllantirish va ma’no ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot ingliz tilining boyligi, moslashuvchanligi va ifodaviyligini ta’minlashda ushbu munosabatlarning ahamiyatini ko‘rsatadi, shuningdek, ularning nutq jarayonida kontekstga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, maqolada leksik-semantik munosabatlarning til o‘rganish, tarjima va samarali muloqotdagi amaliy ahamiyati ochib beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, leksik birliklar o‘rtasidagi semantik aloqalarni chuqur anglash to‘g‘ri talqin qilish va tilni maqsadga muvofiq qo‘llash uchun muhimdir.
References
1. Jackson, H., & Amvela, E. Z. (2007). Words, Meaning and Vocabulary: An Introduction to Modern English Lexicology. London: Continuum.
2. Cruse, D. A. (2011). Meaning in Language: An Introduction to Semantics and Pragmatics. Oxford: Oxford University Press.
3. Lyons, J. (1995). Linguistic Semantics: An Introduction. Cambridge: Cambridge University Press.