Abstract
Ushbu maqolada ingliz tili reklama sloganlarining lingvistik xususiyatlari va ularning iste’molchi psixologiyasiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida zamonaviy reklama shiorlarida qo‘llaniladigan fonetik (alliteratsiya, qofiya), leksik (neologizmlar, epitetlar) va sintaktik (ellips, imperativ gaplar) vositalarning o‘rni o‘rganilgan. Maqolada tilning iqtisod qilinishi tamoyili asosida yaratilgan lisoniy tejamkorlik va obrazlilikning o‘zaro mutanosibligi lingvistik aspektda yoritib beriladi. Shuningdek, reklama matnlarida so‘z o‘yinlari (pun) va metaforalarning qo‘llanilishi brendning esda qolish darajasini qanday oshirishi ilmiy misollar yordamida asoslanadi hamda ingliz reklama diskursining o‘ziga xos pragmatik tabiatiga oid xulosalar keltiriladi.
References
Cook G. The Discourse of Advertising. – London: Routledge, 2001. – 256 p.
2.Crystal D. Language and the Internet. – Cambridge: Cambridge University Press, 2006. – 316 p.
3.Goddard A. The Language of Advertising: Written Texts. – London: Routledge, 2002. – 144 p.
4.Myers G. Words in Ads. – London: Edward Arnold, 1994. – 224 p.