Abstract
Mazkur tadqiqotda o‘rta va og‘ir darajadagi eshitish nuqsoniga ega bolalarda eshitish apparatining nutq rivojlanishiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi eshitish apparatidan foydalanish jarayonida bolalarning fonematik eshituv, lug‘at boyligi, grammatik tuzilma va talaffuz rivojlanishidagi o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda kuzatish, pedagogik tahlil, taqqoslash hamda ilmiy adabiyotlarni o‘rganish metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eshitish apparatini erta qo‘llash, surdopedagogik va logopedik mashg‘ulotlarning tizimli tashkil etilishi hamda oila bilan hamkorlik nutq rivojlanishini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, o‘rta va og‘ir darajadagi eshitish nuqsoniga ega bolalarda eshitish apparatidan samarali foydalanish nutq rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning muhim omili sifatida asoslab berildi.
References
Abdullayeva N.A. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2016
2. Nazarova D.A., Mamarajabova Z.N. — Surdopedagogika. Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2019.
3. Po‘latova P.M., Nurmuxamedova L., Amirsaidova Sh. — Maxsus pedagogika. Toshkent: Fan va texnologiya, 2014.
4. Boskis R.M. — Surdopedagogika asoslari. Moskva: Prosveshcheniye, 1988.
5. Rahmanova V.S. — Maxsus pedagogika (mutaxassislikka kirish). Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2005
6. Shomahmudova M.X. Maxsus pedagogika (surdopedagogika asoslari). — Toshkent: O‘qituvchi, 2012.
7. Baranova Z.I. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda fonematik eshituvni rivojlantirish. — Moskva: Pedagogika, 1990.
8. Boskis R.M. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar psixologiyasi. — Moskva: Prosveshcheniye, 1971.
9. Мirzaaxmedova М.М. Maxsus pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
10. Qodirova F.Q. Eshitish nuqsoniga ega bolalar ta’limi. – Toshkent: Sharq, 2021.