Abstract
Maqolamda asosan qonunchilik hujjatlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash mexanizmlarining amaliyotga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, normativ-huquqiy hujjatlarning real ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sirini aniqlash, ularning natijadorligini o‘lchash mezonlari, monitoring va baholash tizimining huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, qonunchilik samaradorligini baholash orqali ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat boshqaruvi tizimining ochiqligi va hisobdorligini oshirish masalalari asoslab beriladi. Maqolada samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilashda sifat va miqdoriy indikatorlardan foydalanishning ahamiyati hamda ularning normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish jarayoniga bevosita ta’siri ochib beriladi.
References
1. Organisation for Economic Co-operation and Development. Regulatory Impact Analysis: Best Practices in OECD Countries. Paris: OECD Publishing, 1997.
2. European Commission. Better Regulation Guidelines. Brussels, 2021.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va monitoring qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar. Toshkent, 2022.
4. O‘zbekiston Respublikasi. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonun. Toshkent, 2020.
5. Raximov F.X. Qonunchilik samaradorligini baholashning nazariy-huquqiy asoslari. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar nashriyoti, 2019.
6. Xudoyqulov B.B. Davlat boshqaruvida tartibga solish ta’sirini baholash mexanizmlari. – Toshkent, 2021.