MARKAZIY OSIYO MINTAQASI MAMLAKATLARIDA SARGUZASHT TURIZMIGA OID YONDASHUVLAR. SARGUZASHT TURIZMI KLASSIFIKATSIYASI.
PDF

Keywords

sarguzasht turizmi, Markaziy Osiyo, turizm klassifikatsiyasi, ekstremal turizm, ekoturizm, tog‘ turizmi, barqaror rivojlanish, turizm infratuzilmasi, mintaqaviy turizm siyosati.

Abstract

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari — Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston misolida sarguzasht turizmining shakllanishi, rivojlanish tendensiyalari hamda unga oid nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi. Mintaqaning tog‘li hududlari, cho‘l landshaftlari, tabiiy qo‘riqlanadigan zonalari va etnomadaniy merosi sarguzasht turizmini rivojlantirish uchun muhim resurs sifatida baholanadi.

       Maqolada sarguzasht turizmining ilmiy tasnifi (klassifikatsiyasi) ishlab chiqilib, u faoliyat turi, xavf darajasi, tabiiy muhit xususiyati, mavsumiylik va infratuzilmaviy ta’minot mezonlari asosida guruhlarga ajratiladi. Shuningdek, ekstremal, ekologik, tog‘-sport, suv sporti, sahro va etnosarguzasht turizmi kabi yo‘nalishlarning o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, statistik ma’lumotlar tahlili hamda hududiy-geografik metodlardan foydalanilgan. Xulosa sifatida, Markaziy Osiyoda sarguzasht turizmi mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish, bandlikni ta’minlash va xalqaro turizm bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning istiqbolli yo‘nalishi ekanligi asoslab beriladi.

PDF

References

1. Биржаков М.Б. Введение в туризм. СПб., 2000.-C.63.

2. Elektron resurs: Turizm turlari. https://gov.uz/oz/pages/tourism_type.Murojaat qilingan sana: 19.07.2025.

3. Mиронов Ю. Перспективы международного туризма. Москва. 2008. -С.6.

4. Elektron resurs: Turizm turlari. https://gov.uz/oz/pages/tourism_type. Murojaat qilingan sana: 19.07.2025.

5. Азар В. Экономика и организация туризма. Москва:1993. -C.79.

6. Elektron resurs: https://buklib.net/books/25242/. Murojaat qilingan sana: 19.07.2025.

7. Коммерческий туризм : методические рекомендации / сост.: В.А. Талай, М.В. Хлопцева. – Витебск : ВГУ имени П.М. Машерова, 2021. – C. 4.