Abstract
Mazkur maqolada 1916-yilgi Turkiston xalq harakatiga zamonaviy tarixshunoslik nuqtai nazaridan yondashilib, uning mintaqaviy, siyosiy va ijtimoiy mohiyati qayta tahlil etiladi. Muallif bu harakatni faqat stixiyali qo‘zg‘olon emas, balki mustamlakachilik siyosatiga qarshi xalq noroziligining tarixiy ifodasi, milliy uyg‘onishning muhim bosqichi sifatida talqin etadi. Sovet davri tarixshunosligida sinfiy kurash sifatida baholangan ushbu voqea mustaqillikdan so‘ng milliy-ozodlik harakati sifatida qayta ko‘rilmoqda. Maqolada xalq harakatining ildizlari – ijtimoiy adolatsizlik, siyosiy bosim va iqtisodiy ekspluatatsiya bilan bog‘liq omillar bilan izohlanadi. Shuningdek, harakatning natijalari, jumladan, demografik yo‘qotishlar, qochqinlik, ommaviy qatliomlar, deportatsiyalar va ochlik holatlari alohida tahlil qilinadi. Ba’zi tadqiqotchilarning “genotsid” tushunchasini qo‘llashiga ham e’tibor qaratiladi. Maqola tarixiy voqealarni siyosiy va mafkuraviy ta’sirdan xoli holda, tarixiy xotirani tiklash va xalqning o‘zligini anglash yo‘lidagi harakat sifatida qayta baholash zarurligini asoslaydi. Shu tariqa, 1916-yilgi xalq harakati Turkiston xalqlarining ozodlik sari olib borgan jasoratli kurashi sifatida yoritiladi.
References
1. Abduqahorov, A. (2025). Measures for Establishing National Statehood in the Turkestan Autonomy. Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education, Pittsburgh, USA. 2. Abduqahorov, A. (2025). MUSTAQILLIKDAN KEYINGI DAVR: ZAMONAVIY RUS TARIXSHUNOSLIGIDA TURKISTON QO‘ZG‘OLONI. Yangi Oʻzbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali, 2(9). https://phoenixpublication.net/ 3. Abduqahorov, A. (2025). TURKISTONDA 1916 YIL QO'ZG'OLONLARI: SABABLAR, BOSQICHLARI VA TARIXI. Fan va innovatsiyalar, 3(17), 4–5. https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/52510 4. Abduqahorov, A. (2025). TURKISTONDA IJTIMOIY ADOLATSIZLIK VA MILLIY OZODLIK HARAKATLARINING BOSHLANISHI (XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARI). In Central Asian Journal of Academic Research (Vol. 3, No. 5, pp. 111–113). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.15424670 5. Abduqahorov, A. A. (2025). Turkestan resistance movements in contemporary Russian historical research. European Science International Conferences. Researcher at Navoi State University. 6. Булдаков, В., Леонтьева, Т. (2015). Война, породившая революцию: Россия, 1914—1917 гг. Москва: — 720 с. 7. Pianciola, N. (2009). Stalinism on the Frontier: Agricultural Colonization, Extermination of Nomads, and State Building in Central Asia (1905–1936). Golden Horde Review, 52, 52.