AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
PDF

Keywords

renessans, kashfiyot, xalq, temuriylar, svilizatsiya, san‘at, adabiyot, madaniyat,«Loy jangi», sarbadorlar, harbiy yurishlar, suyurg‘ol, soliqlar, davlat boshqaruvi, adabiy muhit, inqiroz.

Abstract

Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik iqtidori, faoliyati, saltanati tarixi, undagi ilm-fan va madaniyatni oʻrganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yoʻnalishlaridan biri sifatida doimo jahon olimlari, davlat rahbarlari, siyosatchilar diqqat-e‘tiborida boʻlib kelgan va shunday boʻlib qolmoqda.Bugun Amir Temur va Temuriylar sulolasining dunyo sivilizatsiyasi rivojiga, insoniyat-ning ilmiy, siyosiy-huquqiy, ma‘naviy-gʻoyaviy, madaniy va tafakkur darajasi keskin koʻtarilishiga qoʻshgan hissasi beqiyosligi hech kimda shubha uygʻotmaydi. Jahon hamjamiyati Temuriylar davrini ilm-fan, madaniyat, san‘at va adabiyot taraqqiyoti hamda ulugʻ kashfiyot va ixtirolarda oʻz aksini topgan davr, xalqimizni esa shu paytgacha ikki marotaba Renessansga asos solgan el sifatida e‘tirof etadi. Ya‘ni xalqimiz haqli ravishda Renessans yarata olgan kam sonli xalqlar sirasiga kiritiladi.XIV asr ortalarida Chingizxon tasarrufidagi yerlar uning vorislari qol  ostida  bolsa  ham,  ular  mayda  bolaklarga  bolinib,  idora  qilin moqda  edi. Ozaro  hokimiyat  uchun  ichki  kurashlar  va  nizolar  natijasida  1348  yilda  Sharqiy Turkistonda Chigatoy avlodidan bolgan Tugluq Temur hukmronligida Mog’uliston nomi  bilan  yangi  davlat  barpo  yetiladi.  Tugluq  Temur  oz  yerlarini  kengaytirish maqsadida Movarounnahrga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Bu harakatlar Movarounnahr ichidagi barqaror bolmagan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, boshboshdoqlik tufayli sodir bolgandi.Mazkur maqolada shular xususida so‘z yuritamiz

PDF

References

Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q». T., «Sharq», 1998.

2. Amir Temur o’gitlari. T., «Navro’z», 1992.

3.Axmedov A. Ulug’bek Muhammad Tarag’ay. T., 1994.

4.Axmedov B. Sohibqiron Temur (hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati). T., 1996.

5.Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Ikki jildlik. T., «Mexnat», 1992.

6.Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. T., «Fan», 1998.

7. Tursunov, A. (2024). JOURNALISM AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE (AI). WorldwideCross-DisciplinaryResearch, 1(1).

8. Temur tuzuklari. T., «G’afur G’ulom», 1991.

9. Fayziyev T. Temuriy malikalar. T., 1994.

10. Khamitovich K. G. Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in Uzbekistan //Miasto Przyszłości. – 2022. – Т. 29. – С. 12-15.

11. Sharaffiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. 1360-1370. T., «Kamalak», 1994.

12. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san'at. T.1996 y,

13. Abdurahmonov A. Ulug‘bek va uning rasadxonasi.T. 1996 y.

14. Dadaboev H. Amir Temurning harbiy mahorati.T. 1996 y.

15. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi.T. 1992 y