Abstract
Ushbu maqolada siyosiy nutqda metaforalarning qo‘llanilish xususiyatlari lingvistik va kommunikativ yondashuvlar nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Metafora siyosiy diskursda faqatgina bezak vositasi bo‘lib qolmay, balki ma’no yaratish, ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy ongni shakllantirish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Tadqiqot davomida siyosatchilar nutqidagi metaforalarning semantik va pragmatik xususiyatlari, ularning auditoriyaga ta’sir darajasi, shuningdek, metafora orqali siyosiy g‘oyalarni ifodalash mexanizmlari o‘rganiladi. Lingvistik analizda metaforalarning struktura va turlari, kommunikativ tahlilda esa ularning kontekstual ma’nosi va strategik maqsadlari ko‘rib chiqiladi. Natijalar siyosiy nutqdagi metaforalarning xalq bilan muloqotda qanday vosita sifatida ishlatilishini yoritib beradi.
References
1. Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. М.: Прогресс, 1990. 5-32 b.
2. Баранов А.Б. Дескрипторная теория метафоры. Языки славянской культуры, 2014.
3. Шляхов В.И. Саакян Л.Н. Текст в коммуникативном пространстве: Монография. М., 2015. – B. 155.
4. Маслова В.А. Лингвокультурология: учеб. пособие для студ. Высш. Учеб. Заведений. М.: Академия. 2001.
5. Kövecses, Z. (2010). Metaphor: A Practical Introduction (2nd ed.). Oxford: Oxford University Press.
6. Musolff, A. (2016). Political Metaphor Analysis: Discourse and Scenarios. London: Bloomsbury Academic.
7. Мирзаева, Д. (2022). Сиёсий нутқда метафораларнинг ролини тадқиқ этишда когнитив ёндашув. Ўзбек тили ва адабиёти, №1, 47–55.
8. Xasanova, S.A. (2024). Ta’lim diskursida metaforalarning lingvopragmatik xususiyatlari. Tilshunoslik va tarjima tadqiqotlari jurnali, 2(1), 88–96.