Abstract
Ushbu maqolada chet tilini o‘zlashtirish jarayonida o‘rganuvchining ichki (shaxsiy qiziqish, o‘zini rivojlantirish ehtiyoji) va tashqi (ijtimoiy bosim, chet elda ta’lim olish yoki ishlash istagi) rag‘batlantiruvchi omillarining multilingual kompetensiyaning shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘rganuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning chet tillarini o‘zlashtirishga bo‘lgan rag‘bat manbalari, o‘rganishdagi afzal ko‘rgan strategiyalari va individual yondashuvlari aniqlangan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ichki motivatsiya kuchli bo‘lgan o‘quvchilar tilni o‘zlashtirishda yuqori va barqaror natijalarga erishmoqda, tashqi motivatsiyalar esa odatda qisqa muddatli maqsadlar bilan cheklanadi. Maqola xulosalarida til o‘rgatishda psixologik yondashuvni chuqur integratsiya qilish, o‘quvchining shaxsiy ehtiyojlari va rag‘batini hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi.
References
1. Ergashev, I. (2020). Chet tillarini o‘qitishda motivatsiyaning psixologik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – B. 23–45.
2. Islomov, A. (2019). Til o‘rgatish metodikasi: zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: Fan va texnologiya. – B. 66–83.
3. Jo‘rayev, O. (2021). O‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirishning psixopedagogik asoslari. Samarqand: Ilm Ziyo. – B. 87–102.
4. Karimova, D. (2018). Psixologiya asoslari: ta’limda motivatsiya nazariyalari. Andijon: Ma’rifat nashriyoti. – B. 49–60.
5. 5. Ergashev, I. (2020). Chet tillarini o‘qitishda motivatsiyaning psixologik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – B. 12–28.
6. 6. Jo‘rayev, O. (2021). O‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirishning psixopedagogik asoslari. Samarqand: Ilm Ziyo. – B. 77–91.
7. 7. Karimova, D. (2018). Psixologiya asoslari: ta’limda motivatsiya nazariyalari. Andijon: Ma’rifat nashriyoti. – B. 49–60.