Abstract
Mazkur ilmiy ishda Yangi O‘zbekistonda ekologik muvozanatni saqlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish usullari har tomonlama tahlil qilinadi. Ekologik muvozanatni ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, u barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan chambarchas bog‘liqdir. Tadqiqotda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ekologik qadriyatlarning ahamiyati, ekologik madaniyatni shakllantirishdagi roli va ularni amaliyotda qo‘llash usullari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston xalqining tabiatga bo‘lgan munosabati, qadimiy an’analar va zamonaviy ekologik muammolar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan davlat siyosati, qonuniy asoslar va ekologik tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, maqolada jamoatchilik faolligini oshirish, yosh avlodning ekologik ongini yuksaltirish, mahalliy an’anaviy bilimlar va qadriyatlarni ekologik muammolarni hal etishda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Ekologik muvozanatni saqlashda innovatsion texnologiyalar va ekologik ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarning o‘rni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritib beriladi. Ushbu tadqiqot ekologik muammolarni hal etishda milliy qadriyatlarning o‘rnini aniqlash va ularning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha aniq tavsiyalarni taklif qiladi.
References
1. Gazeta.uz O’zbekistonRespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.OQXJ sammitdagi nutqi.
2. Sarvarjon G’afurov-Markaziy Osiyo: Mintaqaviy Tahdidlar, Integratsiya, Zamonaviy Siyosiy Jarayonlar.
3. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti. Ijtimoiy Fanlar fakulteti.
4. Ijtimoiy – Gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi(ma’naviyat asoslari) yo’nalishi 1-kurs magistri To’rayeva Laylo Shavkat qizi.