Abstract
Ushbu maqolada stol tennisi o‘yinining texnikasini takomillashtirishning ahamiyati va usullari muhokama qilinadi. Stol tennisi — bu tezkor qarorlar qabul qilishni, tezlik va aniqlikni talab qiluvchi sport turi bo‘lib, o‘yinchilarning texnik malakasi ular muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada texnikani rivojlantirishga oid asosiy omillar, shu jumladan, zarba turlari, pozitsion harakatlar, va o‘yinchi o‘rtasidagi taktika va strategiyalar hamda ularni takomillashtirishga qaratilgan metodlar ko‘rib chiqiladi.Texnikaning o‘rganilishi va rivojlantirilishi o‘yinchining natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Stol tennisida zarbalar turli xil va har biri o‘zgacha usul va ko‘nikmalarni talab qiladi. Ayniqsa, topshiriqni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarbalarni aniq va kuchli bajarish, tezkor joylashishni o‘zlashtirish hamda o‘yinning dinamikasiga moslashish juda muhimdir.Maqolada, texnikaning yaxshilanishi o‘yinchilarga o‘z pozitsiyasini to‘g‘ri tanlash, zarbalarini xilma-xil qilish, raqibning harakatlariga javob berish va o‘yin davomida mukammallikka erishish imkonini beradi. O‘yinchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish ham muhim jihat bo‘lib, bu texnikani yanada samarali amalga oshirishga yordam beradi.Shuningdek, maqola stol tennisi bo‘yicha murabbiylar va sportchilar uchun takliflar berib, texnikaning rivojlanishidagi yangi yondashuvlar va zamonaviy metodlarni tahlil qiladi.
References
1.Mirzoev, A. (2018). Stol tennis sporti: nazariya va amaliyot. Tashkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.
2.Suleymanov, R. (2017). Stol tennis o‘yinining asosiy texnikasi va taktikasi. Toshkent: Sport kitoblari.
3.Shukurov, D. (2015). Sport texnikasini o‘rganish: stol tennis misolida. Toshkent: Sport pedagogika markazi.
4.Jahangirov, F. (2020). Stol tennis texnikasi va taktikasi. Samarkand: SamDPI nashriyoti.
5.Kuziev, M. (2019). Stol tennisda o‘yinchi psixologiyasi va uning o‘yin texnikasiga ta'siri. Tashkent: Sport va jismoniy tarbiya nashriyoti.
6.International Table Tennis Federation (ITTF). (2021). Table Tennis: Techniques and Tactics. ITTF Technical Manual.
7.Wang, H. & Zhang, J. (2016). Advanced Techniques in Table Tennis. Beijing: China Sport Publishing House.