Abstract
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarining mazmun-mohiyati, badiiy-estetik va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Asarda Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindiston hududlaridagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar, tarixiy voqealar, davlat boshqaruvi, xalqning turmush tarzi, urf-odatlari va madaniy hayoti haqqoniy hamda kuzatuvchanlik asosida yoritilgani tadqiq etiladi. Shuningdek, muallifning voqea-hodisalarga munosabati, tarixiy shaxslar va zamondoshlar obrazini yaratish mahorati, tabiat va geografik muhit tasvirining asar mazmunidagi o‘rni ochib beriladi. “Boburnoma”ning tarixiy xotirani saqlash, milliy tafakkurni aks ettirish va o‘z davri voqeligini badiiy-tarixiy jihatdan yoritishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida “Boburnoma” tarixiy, memuar va badiiy tafakkur unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan, o‘zbek nasriy tafakkuri taraqqiyotida muhim o‘rin tutuvchi noyob asar ekanligi asoslanadi.
References
1. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Т.: “Юлдузча”, 1989. 145-146-бетлар.
2. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Т.: “Юлдузча”, 1989. 86-бет.
3. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Т.: “Юлдузча”, 1989. 88-бет.
4. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Т.: “Юлдузча”, 1989. 91-бет.