Abstract
Maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan davlat investitsiyalarining 2024–2026-yillardagi tarkibi va dinamikasi tahlil qilingan. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunlar, dasturiy budjet ma’lumotlari va Milliy statistika qo‘mitasi ko‘rsatkichlari asosida investitsiyalar iste’mol narxlari indeksi yordamida deflyatsiya qilingan. Tahlil natijasida vazirlik tizimiga ajratilgan mablag‘lar nominal hisobda 10,1 foizga o‘sgani holda, 2024-yil narxlarida 3,6 foizga qisqargani aniqlangan. Bir talabaga to‘g‘ri keladigan budjet mablag‘i real hisobda 17,5 foizga kamaygan, o‘quv yuklamasi esa 21,6 nafardan 28,0 nafarga oshgan. Muallif oliy ta’lim investitsiyalarini baholashda nominal hajm o‘rniga real intensivlik ko‘rsatkichlaridan foydalanishni asoslaydi.
References
1. Becker, G. S. (1964). Human capital: A theoretical and empirical analysis, with special reference to education. University of Chicago Press.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi. (2025). Fiskal strategiya 2026–2028. Toshkent. https://www.imv.uz/media/filestore/fiskal_strategiya_2026-2028_.pdf
3. Milliy statistika qo‘mitasi. (2026). O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim: statistik press-reliz. Toshkent. https://stat.uz/img/news/olij-talim-lotin_p44563.pdf
4. O‘zbekiston Respublikasi. (2023). 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida: O‘RQ-886-son Qonun. https://lex.uz/uz/docs/-6707765
5. O‘zbekiston Respublikasi. (2024). 2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida: O‘RQ-1011-son Qonun. https://www.lex.uz/uz/docs/-7277618
6. O‘zbekiston Respublikasi. (2025). 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida: O‘RQ-1105-son Qonun. https://lex.uz/uz/docs/-7949060
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2026). Asosiy stavka bo‘yicha matbuot xabari (17-iyun). https://cbu.uz/uz/monetary-policy/publications/press-releases/3997757/
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2026). 2026-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-388-son qaror. https://lex.uz/uz/docs/-7959569
9. Psacharopoulos, G., & Patrinos, H. A. (2018). Returns to investment in education: A decennial review of the global literature. Education Economics, 26(5), 445–458. https://doi.org/10.1080/09645292.2018.1484426
10. Raxmatullayev, J. M. (2025). Oliy ta’lim muassasalarini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyaviy ta’minlash amaliyoti tahlili. Moliyaviy texnologiyalar, (4), 1–12. https://fintech.tsue.uz/