O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM XIZMATLARI EKSPORTINI STATISTIK BAHOLASH: HOLAT, TENDENSIYALAR VA SALOHIYAT
PDF

Keywords

ta'lim xizmatlari bozori, oliy ta'lim eksporti, xorijiy talabalar, xalqaro talabalar mobilligi, to'lov balansi, statistik tahlil.

Abstract

Maqolada O'zbekiston ta'lim xizmatlari bozorining hozirgi holati va oliy ta'lim xizmatlari eksportining shakllanish jarayoni statistik jihatdan tahlil qilinadi. Milliy statistika qo'mitasi, tegishli vazirliklar hamda YuNESKO Statistika instituti ma'lumotlari asosida bozor hajmi, taklif tarkibi, talabalar kontingentining tarkibiy o'zgarishlari va xorijiy talabalar oqimi baholanadi. Rasmiy statistikada eksport qiymati mustaqil ko'rsatkich sifatida yuritilmasligi aniqlangan va uni bilvosita baholashning uch bosqichli algoritmi taklif etilgan. Natijalar bozorning ekstensiv o'sish bosqichidan sifat jihatidan tabaqalashuv bosqichiga o'tayotganini va eksport salohiyatining sezilarli darajada foydalanilmayotganini ko'rsatadi.

PDF

References

de Wit, H., & Altbach, P. G. (2021). Internationalization in higher education: Global trends and recommendations for its future. Policy Reviews in Higher Education, 5(1), 28–46. https://doi.org/10.1080/23322969.2020.1820898

Iqtisodiyot va moliya vazirligi. (2026). Oliy ta'lim tizimi ko'rsatkichlariga oid rasmiy hisobot. https://api-portal.gov.uz/

Knight, J. (2012). Student mobility and internationalization: Trends and tribulations. Research in Comparative and International Education, 7(1), 20–33. https://doi.org/10.2304/rcie.2012.7.1.20

Marginson, S. (2016). The worldwide trend to high participation higher education. Higher Education, 72(4), 413–434. https://doi.org/10.1007/s10734-016-0016-x

Milliy statistika qo'mitasi. (2025). O'zbekistonliklar ta'lim xizmatlari uchun 2025-yilda 39 trln so'mdan ortiq mablag' sarflagan. https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/66661

Milliy statistika qo'mitasi. (2025). 10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshgan. https://stat.uz/uz/press-tsentr/novosti-goskomstata/61322

OECD. (2023). Education at a Glance 2023: OECD indicators. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/e13bef63-en

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. (2026). 2025-yil davomida oliy ta'lim tizimida amalga oshirilgan ishlar. https://gov.uz/oz/edu/news/view/112657

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019). Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida (PF-5847-son Farmon). Lex.uz. https://lex.uz/docs/-4545884

UNESCO Institute for Statistics. (2024). Global flow of tertiary-level students. https://uis.unesco.org/en/uis-student-flow