OZIQ-OVQAT CHIQINDILARINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
PDF

Keywords

oziq-ovqat chiqindilari, Food Waste Management, umumiy ovqatlanish korxonalari, barqaror iste’mol, aylanma iqtisodiyot, Food Waste Hierarchy, resurslar samaradorligi, iqtisodiy samaradorlik, rentabellik, ekologik menejment, barqaror rivojlanish.

Abstract

Mazkur maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat chiqindilarini boshqarishning nazariy asoslari va iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda Food Waste Theory, Sustainable Consumption Theory, Circular Economy, Food Waste Hierarchy va resurslar samaradorligi nazariyalari asosida oziq-ovqat chiqindilarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Samarqand viloyatidagi umumiy ovqatlanish korxonalari misolida oziq-ovqat chiqindilarining tarkibi, ularni kamaytirishning iqtisodiy natijalari hamda korxona rentabelligiga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish korxonalar xarajatlarini qisqartirish, resurslardan samarali foydalanish va rentabellikni oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Oziq-ovqat chiqindilarini boshqarishning integrallashgan modeli taklif etilib, uni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

PDF