Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek xalq dostonchiligida muhim poetik birliklardan biri hisoblangan barqaror epik formulalarning dialog va monologlardagi funksional xususiyatlari “Malika Ayyor” dostoni misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida epik formulalarning qahramon nutqidagi o‘rni, ularning badiiy ta’sirchanlikni kuchaytirishdagi hamda obrazning ichki kechinmalarini ifodalashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, barqaror formulalarning xalq tafakkuri, an’anaviy estetik qarashlar va og‘zaki ijod poetikasi bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada tavsifiy, strukturaviy va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanilgan.
References
Malika Ayyor dostoni. Toshkent: Ilm‑ziyo‑zakovat, 2019.
2.Umarov I.A. “Malika Ayyor” dostonida antroponim va toponimlar. Maktabgacha va maktab ta’limi, 2025.
3.Jandayeva G. “Malika Ayyor” dostonida perifraza va frazeologizmlarning lingvopoetik xususiyati. Science Shine International Scientific Journal, 2024.
4.Umarov I.A. Multiple Meaning of Turkish Words Representing Things and Events in the Epic “Malika Ayyor”. Social Science and Innovation Journal, 2025.
5.Meletinsky M. Epic Formula and Formulic Language and Style.
6.Narmatova M.T. Xalq dostonlarida ijtimoiy‑siyosiy va maishiy leksika (“Malika Ayyor” va “Bahrom va Gulandom” dostonlari misolida), avtoreferat, 2025.