अंतरजातीय संस्कृ तत को व्यक्त करने की तिशेषताएँ (डॉ. सच्चिदानंद जोशी की ‘दतिणा’ कहानी के आधार पर)
PDF

Keywords

milliy va madaniy identifikatsiya, qadriyatlar translyasiyasi, ustoz-shogird paradigmasi, dakshina, realiya, hind jamiyati.

Abstract

Maqolada hind yozuvchisi Dr. Sachchidanand Jo‘shi[1]ning “Dakshina” hikoyasi misolida tarjima jarayonida milliy realiyalar va madaniy o‘ziga xosliklarni o‘zbek tilida ifodalash muammolari tahlil qilinadi. Unda hind jamiyatiga xos diniy tushunchalar, oilaviy muloqot, ‘mithai’ (shirinlik) va ‘dakshina’ (in’om) kabi realiyalarning tarjimada qayta yaratishdagi murakkabliklar ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, hindiy va o‘zbek tillarining til xususiyatlaridagi farqlar tarjima jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Tarjimonning vazifasi faqat so‘zlarni ko‘chirish emas, balki ikki xalq madaniyatini bog‘lovchi vositachi sifatida realiyalarning izohli talqinini berish ekanligi ta’kidlanadi. Tarjimon nafaqat matnni boshqa tilga o‘tkazadi, balki matnda ifodalangan urf-odat va madaniy jihatlarni ham hisobga oladi. U realiyalarning izohli talqinini berib, o‘quvchiga chet tilidagi madaniyatni tushunarli qilishi kerak. Shu orqali tarjimon ikki xalq o‘rtasida madaniy ko‘prik vazifasini bajaradi. Natijada, tarjima nafaqat so‘zlarni o‘zgartirish, balki muloqot vositasi sifatida samara beradi.

 

[1] Dr. Sachchidanand Joshi — hindistonlik taniqli yozuvchi, teatr san’ati vakili va akademik, hozirda Indira Gandhi Milliy San’at Markazi (IGNCA)ning bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 1963-yil 9-noyabrda tug‘ilgan va tarixshunoslik hamda ommaviy kommunikatsiya sohalarida ilmiy faoliyat yuritgan. Makhanlal Chaturvedi Milliy Ommaviy Axborot va Kommunikatsiya Universitetida dekan va ro‘yxatga olish bo‘yicha dekan sifatida ishlagan. Shuningdek, u Kushabhau Thakre Jurnalistika Universitetining birinchi vitse-chansleri bo‘lgan va 10 yil davomida bu lavozimni egallagan .Uning asarlari orasida “Sachchidanand Joshi ki Lokpriya Kahaniyan” (2017), “Kuchh Alpa Viraam” (2018), “Pal Bhar ki Pahchan” (2019) kabi she’riy to‘plamlar mavjud. Shuningdek, u “Mera Desh Mera Dharm” nomli ikki jilddan iborat nutqlar to‘plamini tahrir qilgan. https://www.telegraphindia.com/my-kolkata/people/all-of-us-are-acting-in-life-sachchidanand-joshi

PDF

References

1. Bo‘ronov J. Ingliz va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi. – T.: O‘qituvchi, 1973. (बोरोनोव, जे. इंग्लिश और उज़्बेक भाषाओं की तुलनात्मक व्याकरण। ताशकंद: ओकितुचि, 1973)

2. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1 tom. – T.: 2000. (उज़्बेक राष्ट्रीय एनसाइक्लोपीडिया। खंड 1, ताशकंद: 2000।)

3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2006. – T. 1–4. (उज़्बेक भाषा की व्याख्यात्मक शब्दावली। ताशकंद: ओज़्बेक नेशनल एन्साइक्लोपीडिया, 2006। खंड 1–4)

4. Nick Palfreyman, Keiko Sagara, Ulrike Zeshan. Methods in Carrying out Language, 2014.

5. सचिनानंद जोशी. “दक्षिणा”

6. Vlahov S., Florin S. Непереводимое в переводе. – Moskva, 1980.