Abstract
Mazkur maqolada Aleksand Faynbergning hayoti va ijodiy faoliyati ijtimoiy faollik konsepsiyasi asosida ilmiy tahlil qilinadi. Shoir she’riyatida inson sha’ni, ma’naviy mustaqillik, vijdon erkinligi hamda jamiyat bilan ruhiy muloqot g‘oyalari yetakchi badiiy tamoyil sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida ijodkor muvaffaqiyatining muhim omillaridan biri uning jamiyatga befarq bo‘lmagan ma’naviy pozitsiyasi ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Faynberg she’riyati estetik hodisa sifatida emas, balki ijtimoiy tafakkur shakli sifatida talqin qilinadi. Maqolada shoir ijodida ijtimoiy faollik tashqi qarama-qarshilikdan ko‘ra ruhiy qarshilik va axloqiy yetakchilik orqali ifodalanishi ilmiy jihatdan dalillanadi.
References
Faynberg A. Tanlangan she’rlar to‘plami. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2010.
2. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2005.
3. Qo‘shjanov M. Adabiyot nazariyasi asoslari. — Toshkent: Fan, 2012.
4. Rasulov A. Badiiy tafakkur va talqin masalalari. — Toshkent: Akademnashr, 2018.
5. Sharipov B. Zamonaviy she’riyat poetikasi. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.