ZAMONAVIY HIKOYALARDA AKS ETGAN IJTIMOIY MUAMMOLAR TAVSIFI (ABDUQAYUM YO‘LDOSH HIKOYALARI MISOLIDA)
PDF

Keywords

hikoya janri, ijtimoiy muammo, yetim so‘z, rasmiyatchilik, marosimchilik, shaxs va jamiyat, axloqiy mas’uliyat, psixologik bosim, sukut poetikasi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti

Abstract

Mazkur maqolada Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalarida aks etgan ijtimoiy muammolar zamonaviy adabiy tafakkur nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozuvchining “Yetim so‘z”, “Yo‘l qo‘ymayman!..”, “Parim bo‘lsa…” kabi hikoyalari asosida jamiyatda keng tarqalgan rasmiyatchilik, marosimchilik, nutq va mas’uliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlik, oilaviy va ijtimoiy kommunikatsiyaning uzilishi, axloqiy zo‘ravonlik hamda shaxsning ruhiy yemirilishi masalalari ochib beriladi. Hikoyalarda ijtimoiy muammo shior va ochiq publitsistik bayon orqali emas, balki sukut, tana reaksiyasi, psixologik bosim va ramziy detallar orqali ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Muallif ijtimoiy ziddiyatni “kim aybdor?” emas, balki “muammo insonni nimaga aylantiradi?” degan estetik savol orqali talqin etadi. Tadqiqot natijalari Abduqayum Yo‘ldosh hikoyachiligi zamonaviy o‘zbek adabiyotida ijtimoiy-psixologik realizmning muhim namunasiga aylanganini asoslaydi.

PDF

References

1. Karim, Bahodir. Istiqlol adabiyoti: nazm va nasr [matn]. — Toshkent: “Firdavs-shoh” nashriyoti, 2021. — 79 b. (146 b.)

2. Puankare [Matn]: hikoyalar / Abduqayum Yo'ldosh. - Toshkent: Akademnashr, 2022. -3 b. (176 b.)

3. Qo‘shjonov, Matyoqub. Tanlangan asarlar: adabiy-tanqidiy maqolalar, esselar, xotiralar. – T.: “Sharq”, 2018. – 315 b. (712 b.)

4. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

5. Quronov, Dilmurod. Nazariy qaydlar. – Toshkent: Akadem-nashr, 2018.

6. Расулов А. Илми ғарибани қўмсаб. – Тошкент: Маънавият, 1998.

7. Расулов А. Танқид, талқин, баҳолаш. – Тошкент: Фан, 2006.

8. Расулов А. Бетакрор ўзлик. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2009.

9. Raxmonova X. Xurshid Do‘stmuxammad nasri badiiyati (adib qissa va hikoyalari misolida). – Toshkent: “Poytaxt eksslusiv”, 2021.