Abstract
Ushbu maqolada yosh avlodda o'zgalar manfaatini ustun qo'yish (altruizm) kompetensiyalarini shakllantirishning dolzarbligi va bunga ta'sir qiluvchi pedagogik yondashuvlar atroflicha tahlil qilinadi. Maqolada o'zgalar manfaatini ustun qo'yishning pedagogik-psixologik mohiyati, uning tarkibiy qismlari hamda zamonaviy jamiyatda ushbu kompetensiyaning shaxs va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati asoslab berilgan. Pedagogik texnologiyalar, interfaol o'qitish metodlari, o'qituvchining shaxsiy namunasi, maktab muhiti va sinfdan tashqari ishlarning bu kompetensiyani rivojlantirishdagi o'rni ko'rib chiqiladi. Maqola yoshlarda ijtimoiy mas'uliyat, empatiya va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
References
Pedagogika oliygohlarida va malaka oshirish kurslarida o'qituvchilarga altruistik kompetensiyalarni rivojlantirish bo'yicha maxsus o'quv modullarini kiritish.
2. Umumta'lim maktablarida har chorakda kamida bir marta ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar (volontyorlik, xayriya tadbirlari) tashkil etish va o'quvchilarni ularga faol jalb qilish.
3. Dars jarayonlariga ko'proq interfaol metodlar (muammoli va loyihaviy ta'lim, rolli o'yinlar, keys-stadi)ni kiritish orqali o'quvchilarda empatiya va hamkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish.
4. Maktab psixologik xizmatlari faoliyatini kuchaytirish, o'quvchilarga hissiy intellekt va ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirishda yordam berish.