Abstract
Ushbu maqolada chaqaloqlar o‘pkasining patomorfologik holatini aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli gistologik tasvirlar asosida chuqur o‘rganish algoritmlaridan foydalanish orqali o‘pka to‘qimalaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash samaradorligi o‘rganildi. Sun’iy intellektga asoslangan tizimlar yordamida alveolyar tuzilmalardagi patologik belgilarni erta bosqichda aniqlash, inson omiliga bog‘liq subyektiv xatoliklarni kamaytirish hamda diagnostika aniqligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarining neonatologiya va patomorfologiya sohalarida klinik qarorlar qabul qilish jarayonini optimallashtirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi. Mazkur yondashuv chaqaloqlar o‘limini kamaytirish va patologik holatlarni erta aniqlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Litjens G., Kooi T., Bejnordi B.E., et al. A survey on deep learning in medical image analysis // Medical Image Analysis. – 2017. – Vol. 42. – P. 60–88.
2. Esteva A., Kuprel B., Novoa R.A., et al. Dermatologist-level classification of skin cancer with deep neural networks // Nature. – 2017. – Vol. 542. – P. 115–118.
3. Gurcan M.N., Boucheron L.E., Can A., et al. Histopathological image analysis: A review // IEEE Reviews in Biomedical Engineering. – 2009. – Vol. 2. – P. 147–171.
4. Madabhushi A., Lee G. Image analysis and machine learning in digital pathology: Challenges and opportunities // Medical Image Analysis. – 2016. – Vol. 33. – P. 170–175.
5. Khosravi P., Kazemi E., Imielinski M., et al. Deep convolutional neural networks enable discrimination of heterogeneous digital pathology images // EBioMedicine. – 2018. – Vol. 27. – P. 317–328.