Abstract
Ushbu tezis umumlashgan maxsus funksiyalardan biri bo‘lgan Foksning H-funksiyasi va uning ayrim muhim xususiy hollari uchun asimptotik baholash masalalariga bag‘ishlangan. Foksning H-funksiyasi ko‘plab maxsus funksiyalarni, jumladan, Meijerning G-funksiyasi, Mittag–Leffler funksiyalari hamda gipergeometrik funksiyalarni yagona integral ko‘rinishda umumlashtirishi bilan ajralib turadi. Tezisda ushbu funksiyaning ta’rifi, asosiy analitik xossalari va parametrlar sohasiga bog‘liq holda asimptotik xulq-atvori o‘rganiladi. Shuningdek, ayrim xususiy hollarda asimptotik formulalar chiqarilib, ularning matematik fizika va kasr tartibli differensial tenglamalardagi ahamiyati yoritiladi.
References
1. Fox C. The G and H functions as symmetrical Fourier kernels. Trans. Amer. Math. Soc., 1961.
2. Mathai A. M., Saxena R. K. The H-function with applications in statistics and other disciplines. Wiley Eastern, 1978.
3. Srivastava H. M., Buschman R. G. Theory and Applications of Convolution Integral Equations. Kluwer Academic, 1992.
4. Erdélyi A. et al. Higher Transcendental Functions, Vol. I–III. McGraw-Hill, 1953.
5. Meijer C. S. On the G-function. Nederl. Akad. Wetensch. Proc., 1946.
6. Gorenflo R., Mainardi F. Fractional calculus and anomalous diffusion. Springer, 1997.
7. Kilbas A. A., Saigo M. H-transforms: Theory and Applications. CRC Press, 2004.