Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’limni tashkil etishning pedagogik asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarning faqat nazariy bilimlarni egallashini emas, balki ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olish, mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi kompetensiyalarni shakllantirishning muhim davri bo‘lib, aynan shu jarayonda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalar asoslari vujudga keladi.
Maqolada boshlang‘ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishda ta’lim mazmunini yangilash, dars jarayonida interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyiha va amaliy topshiriqlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchining yo‘naltiruvchi va fasilitatorlik roli, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, baholash tizimini kompetensiyalar asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmon va qarorlari.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
3. Ochilov M. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
4. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2019.
5. Xolmatova N., To‘xtayeva D. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent, 2020.
6. Davletshin M. Yosh va pedagogik psixologiya. – Toshkent, 2017.
7. Vygotskiy L.S. Mышление и речь. – Moskva, 2005.