Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Nazm ul-javohir” asarida qo‘llangan hikmatli so‘zlar hamda ularning o‘zbek, fors, rus va ingliz tillaridagi muqobillari qiyosiy-lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida hikmatli birliklarning semantik mazmuni, badiiy-estetik xususiyatlari, g‘oyaviy mushtarakligi va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Hikmatlarning turli tillarda ifodalanishi orqali ularning madaniyatlararo umumiylik va barqarorlik xususiyatlari aniqlanadi.