TUZ STRESSI SHAROITIDA G’O’ZA NAVLARINING O’SISHI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARINI BAHOLASH
PDF

Keywords

G‘o‘za, sho‘rlanish stressi, fenologik kuzatuvlar, morfometrik ko‘rsatkichlar, poya uzunligi, ildiz rivojlanishi, NaCl, tuzga chidamlilik, ozuqaviy muvozanat, o‘sish sur’ati.

Abstract

Ushbu tadqiqotda g‘o‘za (Gossypium spp.) ko‘chatlarining turli tuz konsentrasiyalarida (50–200 mM NaCl) fenologik va morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sho‘rlanish stressi o‘simliklarning unib chiqishi, o‘sish sur’ati, poya uzunligi, o‘rtacha massa va ildiz tizimining rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Yuqori sho‘rlangan tuproqda barglar sarg‘ayib nekroz belgilarini ko‘rsatdi, metabolik jarayonlar buzildi va ba’zi hollarda o‘simlik nobud bo‘ldi. Shu bilan birga, NaCl stressi g‘o‘za ko‘chatlarining Ca²⁺, K⁺, Mg²⁺, P³⁻ va Mn⁴⁺ kabi minerallarning miqdorini kamaytirib, ozuqaviy muvozanatni buzadi. Fenologik va morfometrik ko‘rsatkichlar sho‘rga chidamlilikni baholashda ishonchli mezon sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari g‘o‘za navlarining sho‘rlanish darajasiga qarshi bardoshliligini aniqlash va kelgusida sho‘rlangan tuproqlarda hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishi mumkin.

PDF