Abstract
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida hududlar raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish hamda investitsion faollikni kuchaytirish davlat iqtisodiy siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda erkin iqtisodiy zonalar hududiy iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilish va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiluvchi samarali institutsional mexanizm sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur maqolada erkin iqtisodiy zonalarning hududiy rivojlanishga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilib, ularning iqtisodiy, ijtimoiy hamda institutsional samaradorligini baholashga qaratilgan kompleks uslubiy yondashuv taklif etilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston hududlarida EIZlar faoliyatini takomillashtirish va ularning hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish imkonini beradi.
References
1. World Bank. (2017). Special Economic Zones: An Operational Review of Their Impacts. Washington, DC: World Bank.
2. OECD. (2019). Innovation Policy and Economic Growth. Paris: OECD Publishing.
3. Farole, T., & Akinci, G. (2011). Special Economic Zones: Progress, Emerging Challenges, and Future Directions. Washington, DC: World Bank.
4. Zeng, D. Z. (2015). Global experiences with special economic zones: Focus on China and Africa. Policy Research Working Paper, No. 7240. World Bank.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. (2023). Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati va hududiy rivojlanish bo‘yicha tahliliy hisobot. Toshkent.