Abstract
Maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidchilik harakatining o‘zbek adabiy til me’yorlari shakllanishidagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Jadidlar xalqni ilm-ma’rifatga jalb qilish, milliy ongni uyg‘otish va zamonaviy ta’lim tizimini yaratishda tilni asosiy vosita sifatida ko‘rdilar. Ular murakkab yozma tilni soddalashtirib, xalqchil va ilmiy asoslangan adabiy tilni targ‘ib qildilar. Matbuot, darsliklar, adabiy asarlar va lug‘atlar orqali imlo, talaffuz, uslub va nutq madaniyati me’yorlarini shakllantirdilar. Jadidlarning pedagogik va adabiy merosi bugungi o‘zbek adabiy tilining fonetik, leksik va grammatik me’yorlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
References
1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 2008.
2. Tojiyev Yo., Hasanova N., Tojimatov H. Nutq madaniyati. – Toshkent, 1992.
3. Cho‘lpon. Kecha va kunduz. – Toshkent, 1935.
4. Fitrat A. O‘zbekcha til saboqlari. – Samarqand, 1921.
5. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, 1913.