INDIVIDUAL O‘RGANISH VA MUSTAQIL VAZIFALARNI BAJARISHNING O‘RNI
PDF

Keywords

yakka tartibda o‘rganish, mustaqil vazifa, o‘quv jarayoni, mustaqil fikrlash, bilimlarni mustahkamlash, HAITI metodi

Abstract

Mazkur maqolada yakka tartibda o‘rganish va mustaqil vazifalarni bajarishning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilinadi. Yakka tartibda o‘rganish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mustaqil vazifalarni bajarish o‘quvchilarning mas’uliyat hissini oshirib, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini kuchaytiradi.

Mustaqil ta’limni samarali tashkil etish metodlaridan biri sifatida HAITI metodi alohida e’tiborga loyiqdir. Ushbu metod nomi ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan bosqichlarning bosh harflari asosida shakllangan. Dastlab auditoriyada (Im Hörsaal) vazifalar taqdim etiladi, so‘ng talabalar ularni yakka tartibda (Alleine) o‘rganadilar. Keyingi bosqichda o‘zlashtirilgan material yoki yechimi topilishi lozim bo‘lgan masalalar guruh (Im Team) a’zolari bilan muhokama qilinadi va muammolar tahlil etiladi. Nihoyat, keyingi mashg‘ulotda (In der nächsten Übung) yuzaga kelgan tushunmovchiliklar va yechilmagan masalalar o‘qituvchi tomonidan izohlanadi va bartaraf etiladi. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida talabalar 3–6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi va har bir guruh o‘z axborotchisini saylaydi. Axborotchi o‘qituvchi va guruh a’zolari o‘rtasida aloqa va muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.

PDF

References

Фадеева Н.Б. Самостоятельная работа учащихся 6-7 классов на уроках иностранного языка при овладении устной (монологической) речью: Автореф. дис. на соиск. учен. степ. канд. пед. наук. - Л., 1987

2. Лозовская Г.А. Организatsiя самостоятельных работ студентов младших курсов вуза: Дис. на соиск. учен. степ. канд. пед. наук. - Новочеркасск, 1975. - 197с.

3. Пидкасистый П.И. Самостоятельная деятельность школьников в обучении. - М., 1980. - 240с. 109. познавательная, 146-б.

4. Белкин Е.Л. Основы педагогики высшей школы. Учеб.пособие. - М.: Педагогика, 1987 - 124с

5. Рашидов Х.Ф. Теоретико-методологические и социально педагогические основы развития среднего специального, профессионального образования в Узбекистане (на материалах реализatsiи нatsiональной программы по подготовке кадров). Дисс. … докт. пед.наук. – Т., 2005. – С.311.

6. Белкин Е.Л. Основы педагогики высшей школы. Учеб.пособие. - М.: Педагогика, 1987 - 124с..