QISHLOQ XO ‘JALIGIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA ULARNING SAMARDORLIKKA TA’SIRI
PDF

Keywords

qishloq xo‘jaligi, innovatsion islohotlar, raqamli texnologiyalar, agrotexnika, aqlli dehqonchilik.

Abstract

Mazkur tezisda qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarning mazmuni, ularning ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri hamda samaradorlikni oshirishdagi o‘rni tahlil etiladi. Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalar, zamonaviy agrotexnika vositalari, resurslarni tejovchi usullar va ilm-fanga asoslangan yechimlarning joriy etilishi mahsulot yetishtirish hajmi, sifati va barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda, ushbu yo‘nalishda bir qator muammolar mavjud: innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishdagi qiyinchiliklar, yetarli mutaxassislar tayyorlash tizimining sustligi, infratuzilmaning to‘liq shakllanmaganligi va fermer xo‘jaliklarining investitsion imkoniyatlarining cheklanganligi shular jumlasidandir. Tezisda bu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari suriladi: aqlli dehqonchilikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga keng tadbiq etish, innovatsion texnologiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlanadi. Tahlillar orqali qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarning izchil joriy etilishi nafaqat samaradorlikni oshirishi, balki tarmoqning raqobatbardoshligini ham mustahkamlashi mumkinligi asoslab beriladi.

PDF

References

1) Manba: lex.uz/docs/4567334

2) Manba: lex.uz/docs/4214632

3) Manba: gov.uz

4) ,,Yashil Iqtisodiyot’’ darslik Asqarova M, Jamlov J, Nashr yili: 2022-yil ,,Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi’’

5) ,,Yashil Iqtisodiyot’’ darslik Asqarova M, Jamlov J, Nashr yili: 2022-yil ,,Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi’’

6) http://lex.uz//docs/-4539502 2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida.

7) ,,Yashil Iqtisodiyot’’ darslik Asqarova M, Jamlov J, Nashr yili: 2022-yil ,,Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi’’

8) ,,Yashil Iqtisodiyot’’ darslik Asqarova M, Jamlov J, Nashr yili: 2022-yil ,,Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi’’

9) https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_1463.pdf