Abstract
Ushbu maqolada ikkitillilik — bilingvizm fenomeni, uning shakllanish omillari, turlari, ijtimoiy va madaniy hayotga ko‘rsatadigan ta’siri keng yoritilgan. Bilingvizmning tarixiy ildizlari, zamonaviy globallashuv jarayonidagi o‘rni, shuningdek, ta’lim tizimidagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekiston, Kanada va Shveysariya kabi mamlakatlardagi til siyosati misolida ikki tillilikning real ijtimoiy taassurotlari, iqtisodiy va kommunikativ afzalliklari shuningdek, ayrim psixolingvistik muammolar ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari bilingvizmning jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishida, madaniy integratsiya jarayonida hamda zamonaviy kasbiy kompetensiyalar shakllanishida muhim o‘rin tutishini ko'rsatadi. Bugungi kunda dunyo aholisi orasida taxminan 43 % inson kamida ikki tilni biladi.(Eurostat, 2023).Ikki tillilik nafaqat kommunikativ ko'nikma, balki jamiyatning madaniy ochiqligi, iqtisodiy rivoji va global hamkorlikka tayyorligining ko'rsatkichiga aylangan.
References
1. Cummins, J. (2000). Language, Power and Pedagogy: Bilingual Children in the Crossfire. Multilingual Matters.
2. Peal, E., & Lambert, W. E. (1962). The Relation of Bilingualism to Intelligence. Psychological Monographs, 76(27).
3. Baker, C. (2011). Foundations of Bilingual Education and Bilingualism. 5th edition. Multilingual Matters.
4. Grosjean, F. (2010). Bilingual: Life and Reality. Harvard University Press.
5. Weinreich, U. (1953). Languages in Contact: Findings and Problems. Linguistic Circle of New York.
6. Hoffmann, C. (1991). An Introduction to Bilingualism. Longman.
7. Bialystok, E. (2001). Bilingualism in Development: Language, Literacy and Cognition. Cambridge University Press.
8. Bialystok, E., Craik, F. I. M., & Freedman, M. (2007). Bilingualism as a Protection Against the Onset of Dementia. Neuropsychologia, 45(2).
9. Fishman, J. A. (1972). The Sociology of Language: An Interdisciplinary Social Science Approach to Language in Society. Newbury House.
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2024). Ta’lim sohasida xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha statistik ma’lumotlar. (Rasmiy hisobot).
11. LinkedIn Economic Graph (2023). Global Skills and Employment Trends Report. LinkedIn Corporation.
12. O‘zbekiston Respublikasi IT Park (2023). O‘zbekiston IT sohasida inson kapitali va mehnat bozori rivoji bo‘yicha tahliliy hisobot.