Abstract
Ushbu tezisda zamonaviy raqamli ta’lim muhiti sharoitida geymifikatsiya yondashuvining mazmuni hamda uni pedagogik jarayonga tatbiq etishning konseptual asoslari tahlil qilinadi. Raqamlashtirish jarayonining jadallashuvi o‘quvchilarni o‘quv faoliyatiga faol jalb etish, ularning motivatsiyasini oshirish va mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlashni zaruriy vazifaga aylantirmoqda. Shu munosabat bilan ball tizimi, darajalar, belgilar, virtual topshiriqlar va ssenariyli o‘yin-mashqlar kabi geymifikatsiya elementlari ta’lim samaradorligini oshiruvchi mexanizm sifatida ko‘rib chiqiladi. Tezisda geymifikatsiyaning mavjud ilmiy talqinlari qayta baholanib, uning interaktiv metodlar, farqlangan yondashuv va AKT integratsiyasi bilan uyg‘unlashish tamoyillari yoritiladi. Raqamli o‘quv platformalarida qo‘llanilayotgan o‘yin mexanikasining afzalliklari va cheklovlari tahlil qilinadi hamda texnika yo‘nalishi talabalari uchun samarali pedagogik shart-sharoitlar aniqlanadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. // Lex.uz
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, 2012-yil 10-dekabr.
3. UNESCO (2021). Digital learning and the role of multilingual competence in technical education. Paris: UNESCO Publishing.
4. Artificial intelligence in education - https://www.unesco.org/en/digital-education/artificial-intelligence
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, 2012-yil 10-dekabr.
6. Deterding S., Khaled R., Nacke L., Dixon D. (2011). Gamification: Toward a definition. Proceedings of the 2011 Annual Conference on Human Factors in Computing Systems.
7. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son - https://lex.uz/uz/docs/-5013007a
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish to‘g‘risida. – Lex.uz.
9. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir), 2020-yil. – Lex.uz.