Abstract
Maqolada oziq-ovqat sanoati korxonalarida byudjetlashtirish tizimini joriy etishning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Byudjetlashtirish korxona faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va tahlil qilishning moliyaviy asosini shakllantiradi. Oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish jarayonining mavsumiyligi, xom ashyoning tez buzilishi va mahsulot assortimentining kengligi bu sohada byudjetlashtirishni to‘g‘ri tashkil etishni talab etadi. Samarali byudjetlashtirish tizimi moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.