Abstract
Ushbu maqolada rasmlar asosida o‘quvchilarga dars o‘tishning afzalliklari, bu usulning ta’lim jarayonidagi samaradorligi hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, kuzatish va ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Rasmli materiallardan foydalanish orqali darsni jonlantirish, mavzuni tezroq va chuqurroq anglash, nutqni rivojlantirish hamda o‘quvchilarning eslab qolish qobiliyatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada rasm asosida o‘qitishning zamonaviy metodlari, axborot texnologiyalarini qo‘llash yo‘llari va interaktiv ta’lim vositalarining o‘rni haqida so‘z yuritiladi.