Abstract
Mazkur maqolada pedagogik ta’lim klasteri sharoitida talabalarning didaktik ijodkorligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchidan nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, balki ularni amaliy vaziyatlarda ijodiy qo‘llash, ta’lim mazmunini mustaqil loyihalash, innovatsion pedagogik yechimlarni ishlab chiqish va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos didaktik vositalarni tanlash kompetensiyalariga ega bo‘lish talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan pedagogik ta’lim klasteri oliy ta’lim muassasasi, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari, ilmiy-tadqiqot subyektlari hamda boshqa manfaatdor hamkorlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlovchi samarali ta’limiy muhit sifatida qaraladi.
References
1. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.
2. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
3. Muslimov N.A. va boshq. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent: Sano-standart, 2015.