Abstract
Tezisda So‘fi Olloyorning “Murod ul-orifin” asari qo‘lyozma nusxalarining ilmiy tavsifi va matnshunoslik xususiyatlari o‘rganiladi. Asarning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Samarqanddagi fondlarda saqlanayotgan ayrim nusxalariga e’tibor qaratiladi. Qo‘lyozmalarning ko‘chirilish davri, xat turi, hajmi, tarkibi, saqlanish holati, hoshiya qaydlari va matniy tafovutlari manbashunoslik hamda matnshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
References
1. So‘fi Olloyor. Murod ul-orifin. - Tehron: Intishoroti Suxan, 1965.
2. Nematov D. S. So‘fiy Allohyorning “Murod ul-orifin” asari qo‘lyozmasining kodikologik tavsifi // FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2026. — Vol. 14. –№ 4.
3. Nematov D. S. So‘fiy Allohyorning “Murod ul-orifin” asari qo‘lyozmasining matniy tavsifi // O‘zbekiston Milliy axborot agentligi– O‘zA. – 2026. – 25-aprel.
4. Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri. So‘fi Olloyorning “Murod ul-orifin” asari qo‘lyozma nusxalariga oid katalog ma’lumotlari. – Toshkent: Manbalar.uz elektron bazasi, 2021–2023.
5. Suvonqulov I., Boboyeva M. So‘fiy Ollohyor merosi // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati.–2012. –№ 24.