Abstract
Ushbu ishda sement ishlab chiqarishning pishirish tizimida shakllanadigan sanoat ma’lumotlarini yig‘ish, tizimlashtirish va dastlabki qayta ishlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli manbalardan olinadigan ma’lumotlarni keyingi energetik tahlil va matematik modellashtirish uchun ishonchli holatga keltirishdan iborat. DCS, laboratoriya, yoqilg‘i laboratoriyasi va ishlab chiqarish hisobi ma’lumotlarining diskretligi, kechikishi va aniqligi turlicha bo‘lgani sababli xom ma’lumotlarni bevosita modelga kiritish maqsadga muvofiq emas. Shu asosda fizik nazorat, anomal qiymatlarni aniqlash, yetishmayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash, vaqt sinxronizatsiyasi, ish rejimlarini ajratish va standartlashtirishni o‘z ichiga olgan dastlabki qayta ishlash ketma-ketligi shakllantirilgan. Tadqiqotda 20 ta asosiy texnologik, energetik va sifat ko‘rsatkichi ajratilgan.
References
Montgomery D.C. Introduction to Statistical Quality Control. Wiley.
2. Box G.E.P., Jenkins G.M., Reinsel G.C., Ljung G.M. Time Series Analysis: Forecasting and Control. Wiley.
3. Hampel F.R. et al. Robust Statistics: The Approach Based on Influence Functions. Wiley.
4. Turakulov Z., Kamolov A., Turakulov A., Norkobilov A., Fallanza M. Assessment of the Decarbonization Pathways of the Cement Industry in Uzbekistan. Engineering Proceedings, 2023, 37(1), 2. DOI: 10.3390/ECP2023-14639.
5. Norkobilov A., Turakulov A., Safarov Q., Ergashev S., Turakulov Z., Kamolov A., Maksudova A., Eshbobaev J. Advanced Control of MEA-Based CO₂ Capture Systems. Engineering Proceedings, 2026, 124(1), 31. DOI: 10.3390/engproc2026124031.
6. Norkobilov A., Muradov R., Turakulov A., Ergashev S., Turakulov Z. The Separation of a CO₂ and H₂S Mixture. Engineering Proceedings, 2025, 117(1), 46. DOI: 10.3390/engproc2025117046.