TEXNOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TA’LIM JARAYONINI FAOLLASHTIRISH METODIKASI
PDF

Keywords

texnologik yondashuv, pedagogik texnologiya, ta’lim jarayoni, ta’limni faollashtirish, innovatsion ta’lim, interfaol metodlar, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi.

Abstract

Mazkur tezisimda texnologik yondashuv asosida ta’lim jarayonini faollashtirishning pedagogik imkoniyatlari va metodik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quv mashg‘ulotlarining mazmuni, tashkil etish shakllari va metodlarini takomillashtirish bilan bir qatorda, ta’lim oluvchilarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishi yoritiladi. Texnologik yondashuvning muhim jihati sifatida o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi hamkorlik, interfaol metodlardan foydalanish, zamonaviy texnik vositalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish hamda o‘quvchilarning qiziqishi va mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonini faollashtirishda topshiriqlarning aniq maqsadga yo‘naltirilishi, o‘quv materialining tushunarliligi va ta’lim oluvchini amaliy faoliyatga jalb etish muhim metodik shart sifatida asoslanadi. Tadqiqotimizda texnologik yondashuvni, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichidan izchil qo‘llash ta’limning keyingi bosqichlari uchun mustahkam metodik asos yaratishi ta’kidlanadi.

PDF

References

1. Umarova R.U. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish // Экономика и социум. – 2022. – №3(94)-2. – B. 300–302.

2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar: ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008. – 180 b.

3. Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar: ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2010. – 140 b.

4. Khodjamkulov U., Makhmudov K., Shofkorov A. The Issue of Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian Thinkers // International Journal of Psychosocial Rehabilitation. – 2020. – Vol. 24, No. 05. – P. 6694–6701.