Abstract
Mazkur maqolamda o‘smirlarda agressiv xulq-atvorning vujudga kelishiga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar kompleks tarzda tahlil qilinadi. O‘smirlik davrining shaxs rivojlanishidagi muhim bosqich ekanligi, ushbu davrda emotsional beqarorlik, o‘zini namoyon etishga intilish, mustaqillikka ehtiyoj, tengdoshlar ta’sirining kuchayishi hamda kattalar bilan munosabatlardagi ziddiyatlar agressiv xatti-harakatlarning shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi yoritiladi. Tadqiqotda oilaviy muhit, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar, pedagogik muloqotning xarakteri, ta’lim muassasasidagi psixologik muhit, tengdoshlar guruhi, tarbiyaviy ta’sirning izchilligi hamda zamonaviy axborot va media makonining o‘smirlar xulq-atvoriga ta’siri asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, agressiv xulq-atvorning oldini olishda o‘smirlarning emotsional holatini qo‘llab-quvvatlash, ijobiy muloqot muhitini yaratish, konfliktlarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik va psixologik hamkorlikni kuchaytirish hamda individual yondashuvdan foydalanishning ahamiyati asoslanadi.
References
1. Bandura A. Social Learning Theory. — Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall, 1977.
2. Bandura A. Aggression: A Social Learning Analysis. — Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall, 1973.
3. Berkowitz L. Aggression: Its Causes, Consequences, and Control. — New York: McGraw-Hill, 1993.
4. Lorenz K. On Aggression. — New York: Harcourt, Brace & World, 1966.
5. Dollard J., Doob L.W., Miller N.E., Mowrer O.H., Sears R.R. Frustration and Aggression. — New Haven: Yale University Press, 1939.
6. Olweus D. Bullying at School: What We Know and What We Can Do. — Oxford: Blackwell Publishers, 1993.
7. Erikson E.H. Identity: Youth and Crisis. — New York: W.W. Norton & Company, 1968.
8. Выготский Л.С. Психология развития ребенка. — Москва: Смысл, Эксмо, 2004.
9. Божович Л.И. Личность и ее формирование в детском возрасте. — Санкт-Петербург: Питер, 2008.
10. Кон И.С. Психология ранней юности. — Москва: Просвещение, 1989.