Abstract
Ushbu maqolada Xorazm vohasi aholisining an’anaviy xo‘jaligi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida baliqchilikning tutgan o‘rni tarixiy, arxeologik va etnografik manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda Kaltaminor madaniyati davridan boshlab Orolbo‘yi va Amudaryoning quyi oqimida shakllangan "etnik-xo‘jalik majmuasi" hamda "gidro-madaniyat"ning rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, arxeologik qazishmalar davomida aniqlangan baliq ovlash qurollari (garpunlar, to‘rbotirgichlar, qarmoqlar), baliq turlari hamda aholining tabiiy-geografik o‘zgarishlarga moslashuvi jarayonida shakllangan baliqni qayta ishlash va saqlashning an’anaviy usullari (“chakki”, “qaqildoq”, dudlash va tuzlash) ilmiy jihatdan asoslab berilgan.