Abstract
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan sharoitda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning siyosiy determinantlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli makonning kengayishi, axborot oqimlarining jadallashuvi, ijtimoiy tarmoqlarning siyosiy kommunikatsiyadagi rolining ortishi hamda turli axborot va mafkuraviy ta’sirlarning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish jarayoniga davlat siyosati, siyosiy institutlarning samaradorligi, fuqarolik jamiyati institutlari, media va axborot savodxonligi, ta’lim tizimi hamda milliy qadriyatlarning ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, raqamli muhitda dezinformatsiya, manipulyativ kontent, radikal g‘oyalar va turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi barqaror ijtimoiy-siyosiy qarashlarni shakllantirishning institutsional mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya sharoitida jamiyatning axborot xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashda kompleks siyosiy yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. Тедеев А. А., Усанов В. В. Электронное государство. М., 2008.
2. Сидорова А. А. Электронное правительство. Учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры. М.: Издательство Юрайт, 2017.
3. Ўзбекистон Республикасининг “Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида”ги қонуни // https://lex.uz/acts/3026246
4. Bukht R., Heeks R. Defi ning, Conceptualising and Measuring the Digital Economy // International Organisations Research Journal, 2018, vol. 13, no 2, pp. 143–172. DOI: 10.17323/19967845-2018-02-07;
5. Kirton J. J., Warren B. G. 20 Governance of Digitalization. International Organisations Research Journal, 2018, vol. 13, no 2, pp. 17–47. DOI: 10.17323/1996-7845-2018-02-02. (In English).
6. Kling R., Lamb R. IT and Organizational Change in Digital Economies. Understanding the Digital Economy / E. Brynjolfsson, B. Kahin (eds). Cambridge: MIT Press. 2000, pp. 295–324.5.
7. Margherio L. et al. The Emerging Digital Economy. Washington, DC: Department of Commerce. 1999. URL: http://www.esa.doc.gov/sites/default/fi les/emergingdig_0.pdf.