“BO‘LAJAK TARIX O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”
PDF

Keywords

bo‘lajak tarix o‘qituvchisi, kasbiy kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, tarixiy ta’lim, pedagogik kompetensiya, tadqiqotchilik kompetensiyasi, tarixiy manbalar, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, kasbiy tayyorgarlik.

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida tarix fani o‘qituvchisidan nafaqat chuqur tarixiy bilimga ega bo‘lish, balki ularni amaliy faoliyatda samarali qo‘llay olish, tarixiy voqea va jarayonlarni tahlil qilish, mustaqil xulosa chiqarish, axborot manbalari bilan ishlash hamda o‘quvchilarda tanqidiy va tarixiy tafakkurni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etiladi. Tadqiqotda bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, tarixiy manbalar bilan ishlash va tadqiqotchilik faoliyatining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik oliy ta’lim jarayonida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning samarali usullari va ularni takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

PDF