YARIM OCHIQ VAGONLARNING QOLDIQ RESURSINI ANIQLASHNI ILMIY ASOSLASH
PDF

Keywords

yarim ochiq vagon, qoldiq resurs, xizmat muddati, putur yetkazmasdan nazorat, ANSYS Workbench, chekli elementlar usuli, diagnostika, korroziya, charchash mustahkamligi.

Abstract

Temir yo‘l transportida ekspluatatsiya qilinayotgan yarim ochiq yuk vagonlarining salmoqli qismi uzoq yillar davomida foydalanib kelinmoqda. Ularning ma’lum qismi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan xizmat muddatiga yetgan bo‘lsada, konstruksiyaning haqiqiy texnik holati ko‘p hollarda foydalanishni davom ettirish imkoniyatini saqlab qoladi. Shu sababli vagonning qoldiq resursini faqat ekspluatatsiya davri yoki kapital ta’mirlashlar soniga qarab emas, balki konstruksiyaning real texnik holatini kompleks baholash asosida aniqlash zarur. Mazkur tezisda yarim ochiq vagonlarning qoldiq resursini aniqlashning ilmiy yondashuvi bayon etilgan. Taklif etilgan yondashuv putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari natijalarini chekli elementlar usuli asosidagi hisoblashlar bilan integratsiyalashga asoslanadi. Bu esa xizmat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorning texnik ishonchliligini oshirish va ekspluatatsiya xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.

PDF

References

1. ГОСТ 33788–2016. Вагоны грузовые. Методы оценки технического состояния.

2. РД 32 ЦВ 058–97. Методика определения остаточного ресурса грузовых вагонов.

3. EN 17149:2020. Railway applications — Non-destructive testing of railway vehicle components.

4. Zienkiewicz O.C., Taylor R.L. The Finite Element Method: Its Basis and Fundamentals. 7th ed.

5. Rybkin V.V., Gorbunov A.N. Техническая диагностика грузовых вагонов. Москва, 2021.

6. ASTM E587. Standard Practice for Ultrasonic Testing.

7. ASTM E709. Standard Guide for Magnetic Particle Testing.