RELS CHOKLARI ZONASINING KONSTRUKTIV XUSUSIYATLARI VA EKSPLUATATSION ISHONCHLILIKKA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
PDF

Keywords

ekspluatatsion ishonchlilik, konstruktiv xususiyatlar, rels choklari zonasi, rels, temirbeton shpal, ballast qatlami, temir yo‘l izi, dinamik kuchlar, shpal osti elastik tagliklari, qoldiq deformatsiya, cho‘kish, nosozliklar.

Abstract

Ushbu maqolada temir yo‘l izi rels choklari zonasining konstruktiv xususiyatlari va ekspluatatsion ishonchlilikka ta’sir etuvchi omillari nazariy jihatdan tadqiq qilinib, amaliy holatda ekspluatatsiya jarayonlarida o‘rganilganligi va chuqur tahlil qilinganligi keltirildi. Temir yo‘l izi rels choklari zonasi odatda yo‘l ustki qurilmasining eng zaif qismlaridan biri bo‘lib, birinchi navbatda uning geometrik va mexanik xususiyatlaridagi uzilishlar sabab g‘ildirak va relsning o‘zaro birga ishlashi natijasida bu uzilishlar tufayli yuzaga keladigan yuqori ta’sirli dinamik kuchlanishlar va deformatsiya jarayonlari vujudga keladi. Uzluqsiz payvandlangan temir yo‘l izining rivojlanishi rels choklari sonini sezilarli darajada kamaytirdi, ammo uloqsiz temir yo‘l izidan so‘ng yoki ular orasida konstruktiv jihatdan bo‘lishi lozim bo‘lgan tenglashtiruvchi relslarning mavjudligi, tonnel va ko‘prikka o‘tish qismida, egriliklarda, strelkali o‘tkazgichlar va stansiyalarda hamda ularga kirish joylarida rels choklarisiz bu joylarni tasavvur qilish qiyindir. Shu sababdan temir yo‘l izining bunday chok zonalarini ishonchliligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb ahamiyatga ega.

PDF

References

1. Kaewunruen S., Remennikov A.M. Dynamic properties of railway track and ballast. International Journal of Structural Stability and Dynamics, 2008.

2. Esveld C. Modern Railway Track. MRT Productions, 2001.

3. Polojeniye o sisteme vedeniya putevogo xozyaystva AO «O’zbekiston temir yo‘llari» №730-N Tashkent 10.12.2024g. – 76s.

4. A. Abdujabarov, M. Mekhmonov, M. Khamidov, S. Tadjibaev, and S. Shayakhmetov, “Experimental results of reducing harmful vibrodynamic effects caused by the interaction between rolling stock and track through the use of elastic under-sleeper pads in the rail joint zone,” Vibroengineering Procedia, Vol. 60, pp. 125–132, Dec. 2025, https://doi.org/10.21595/vp.2025.25753.

5. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl sohasiga oid amaldagi meʼyoriy hujjatlar va texnik reglamentlar.

6. Abdujabarov A.X., Mehmonov M.H., Xamidov M.K. “Relslar biriktirilgan hududda yuk poyezdi g‘ildirak juftlari harakati natijasida vujudga keladigan zo‘riqish va vibrodinamik kuchlar ta’sirini o‘rganish hamda bu ta’sirlarni kamaytirish choralari” ENGINEER International scientific journal “Qurilishda yashil iqtisodiyot, suv va atrof-muhitni asrash tendensiyalari, ekologik muammolar va innovatsion yechimlar” ISSN 3030-3893 SPECIAL ISSUE (I part) Toshkent 16.06.2025 bet 174-178.