Abstract
Mazkur ilmiy maqolamizda o‘zbek tazkiranavisligi tarixini ilmiy tadqiq etishda akademik Botirxon Valixo‘jayevning ilmiy faoliyati va xizmatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda olimning mumtoz adabiyot tarixini o‘rganish, tazkira va boshqa tarixiy-adabiy manbalarni ilmiy muomalaga kiritish, ularning ma’lumotlarini qiyosiy va tanqidiy asosda baholash borasidagi yondashuvlariga alohida e’tibor qaratiladi. Botirxon Valixo‘jayevning “O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi” asari tazkiranavislik tarixini tizimlashtirishdagi muhim ilmiy manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Hasanxoja Nisoriy, Mutribiy Samarqandiy kabi tazkiranavislarning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganishdagi olimning hissasi yoritiladi. Tadqiqotda Valixo‘jayevning Lutfiy ijodiga oid izlanishlari misolida tazkira ma’lumotlarini badiiy matn, tarixiy manbalar va boshqa ilmiy tadqiqotlar bilan qiyoslash tamoyili ochib beriladi. Olimning matnshunoslik, manbashunoslik va adabiy-tanqidiy tahlilni o‘zaro uyg‘unlashtirgan ilmiy metodi tazkiranavislik tarixini chuqurroq anglash imkonini bergani asoslanadi.
References
1. Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993.
2. Valixo‘jayev B. O‘zbek epik poeziyasi tarixidan. – Toshkent: Fan, 1974.
3. Valixo‘jayev B. Malik ul-kalom Mavlono Lutfiy. – Toshkent: Fan, 1999.
4. Valixo‘jayev B. Sulton Husayn Boyqaro – Husayniy she’riyati. – Toshkent, 2000.
5. Navoiy A. Majolis un-nafois. – Toshkent: Fan, 1997.
6. . – Toshkent: Fan, 1971.
7. Mallaev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1976.
8. Haqqulov I. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.
9. Abdullaev V. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980.
10. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild. – Toshkent: Fan, 2003.
11. O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik. – Toshkent: Fan, 1977–1980.
12. Akademik Botirxon Valixo‘jayev va mumtoz adabiyotshunoslik: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashri.
13. Haqqulov I. Mumtoz adabiyot va ilmiy tafakkur masalalari. – Toshkent.